O'lim yo'llari va piyodalar qotillari. Hokimiyatning shaharni xunuk qilish bo’yicha uzoq muddatli tiklash ishlariga toshkentliklaring to'sqinlik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsiz kechmoqda
Азиз Якубов
Перевод
10 июня 2022, 13:54

O'lim yo'llari va piyodalar qotillari. Hokimiyatning shaharni xunuk qilish bo’yicha uzoq muddatli tiklash ishlariga toshkentliklaring to'sqinlik qilishga urinishlari muvaffaqiyatsiz kechmoqda

Toshkentda yo'l-qurilish ishlarining olib borilishi. Surat: uzavtoyul.uz

So'nggi bir necha yil mobaynida O'zbekiston poytaxti ba'zan katta bir qurilish maydoni kabi ko'rinadi. Toshkent shahar hokimiyati bu ishga qat'iyat bilan kirishdi: uy-joy qurilishi va turli biznes-markazlar qurishdan tashqari, ishchilar plitkalarni almashtirishmoqda, ko'chalarni tezyurar avtomobil yo'llari-shosselarga aylantirishmoqda, tarixiy obidalarni yangilashmoqda. Tiklash munosabati bilan shaharning bir yoki bir nechta qismi to'sib qo'yilgani haqidagi xabarlar toshkentliklar uchun odatiy holga aylandi. Ba'zi "o'zgartirishlar" aktivistlar bilan hukumatnning og'zaki nizolari bilan birga keladi va ayrim loyihalar nafaqat shahar aholisi, balki mutaxassislar tomonidan ham tanqid qilinmoqda. Mediazona Toshkent haqiqatdan ham keng ko'lamli tqayta qurilishda muhtojmi, yoki yo'q va bu fuqarolar uchun qanday xavf tug'dirishini aniqlamoqda.

Oyoq bosib bo'lmaydigan Navoiy

Joriy yil boshida Toshkent shahrining deyarli asosiy magistrali, O'zbekiston poytaxtining markazini tarixiy qismi — eski shahar bilan bog'laydigan Navoiy ko'chasini rekonstruksiya qilish atrofida keng baxs yuzaga keldi. Ko'plab ekspertlar va aktivistlar loyihaga qarshi chiqdilar. Ularning fikriga ko'ra, u piyodalar manfaatlarini hisobga olmaydi va haydovchilar qulayligini birinchi o'ringa qo'yadi.

Bundan tashqari, prezident Shavkat Mirziyoyevning tramvayni poytaxtga qaytarish zarurligi haqidagi bayonotidan so'ng, ko'pchilik Navoiyga avvalgidek relslarni qayta tiklanishini kutishdi. Biroq, hokimiyat ko’chaning qayta qurilishi boshida ogohlantirgan: tramvay bo'lmaydi.

Navoiy ko'chasining tiklanishi. Surat: Maqsad Djangirovning Facebook'dagi shaxsiy sahifasidan.

"Ко дну" ixtisoslashtirilgan Telegram-kanal administratorlari, 15 yillik tajribaga ega transport sohasi xodimlari, Toshkentda tramvayning ishga tushirilishi katta va murakkab masala, deb hisoblaydilar.

«Shahar hukumati shahar aholisining hayotini osonlashtiradigan ko'plab yechimlarni noqulayliklar tug’dirishsiz amalga oshirish mumkin bo'lgan yo'llarning yuklanganligi hisobga olishda 5-7 yilga kechikishdi. Endi vaziyat yomon. Shaxsiy avtomobil yoki taksiga deyarli muqobil yo'q. Metro tig'iz vaqtda haddan ortiq yuklangan va shahar ehtiyojlarining 30% ni ham qoplamaydi. Avtobuslar soni kamayib bormoqda, muntazamlik pasaymoqda, ajratilgan chiziqlar yo'q va bora-bora ularning qisqarishini anglatadigan "optimallashtirish" amalga oshirilmoqda. Agar 20 yil oldin poytaxtning jamoat transporti kuniga 2,5 million kishini tashigan bo'lsa, hozirda bu raqam millionga ham yetmaydi, — deya tushuntiradi mutaxassislar. — Va tramvay esa transport muammosiga yechimlardan biridir. Bundan tashqari, tramvay liniyalari, depo, infratuzilma energiya elementlari qayta qurilgan yoki buzib tashlangan. Ya'ni, hamma narsa noldan qurilishi kerak. Bu katta pul xarajatlari va navbatdagi qurilish ishlari".

Hokimiyat, ularga xos bo'lmagan Navoiy loyihasining jamoatchilik muhokamasini o'tkazishdi. Biroq, shu bilan bir vaqtda ishchilar ko'chaning eski ko'rinishini yo'q qilishni boshladilar. Shunga qaramay, hokimiyatga jurnalistlar taklif qilindi va Toshkentning ushbu qismini natijada qanchalik chiroyli bo'lishini ko'rsatdilar.

"Gazeta.uz"ning reportajiga ko'ra, uchrashuv bir zumda qattiq tortishuvga aylandi. Jurnalistlar shahar hokimiyatining "sa'y-harakatlari" tufayli shahar yana bir qotil-ko'chaga ega bo'lishini, bu esa piyodalar avtomobillar g'ildiraklari ostiga tushish xavfi bilan yo'ldan yugurib o'tishga to'g'ri kelishini aytishdi. Amaldorlar o'zlarining fikrida turishdi: loyiha har bir kishi uchun "chiroyli va qulay".

"Jahon urbanistikasidagi zamonaviy g'oya va tendensiyalar nuqtai nazaridan piyodalar, inson xavfsizligi va qulayligi doim ustuvirdir, yangilangan Navoiy ko'chasida hammasi aksincha, hammasi yanada yomonlashadi. Rekonstruksiya qisqa vaqtga ko'chadagi avtomobillar uchun yo'lni bir oz bo'shatish beradi, biroq amaliyotda bir necha marta namoyon bo'lganidek, shu jumladan, Toshkentda ham, bu vaqtinchalik hodisa. Va faqat bir necha yil o'tgach, biz qayta yuzaga kelgan o'sha-o'sha tig'izlikni olamiz, faqat bu safar piyodalar harakati uchun sezilarli darajada yomonlashgan infratuzilmasi bilan", — deydi "Ко дну" Telegram kanali administratorlari.

Feysbukdagi "Toshkent-buzish" guruhi administratori Farida Sharifullina shahar hokimiyatining bunday loyihalariga salbiy munosabatda. "Ko'pincha rekonstruksiya juda past sifatda amalga oshiriladi va uzoq oylarga cho'ziladi, va shahar aholisi doim chang, axlat, tebranish va to’silgan ko'cha, yo'lkalar, hovlilarda yashashga majbur, — deydi u. — Huddi kapital ta'mirlash bo’layotgan xonadonda yashayotgandek. Ba'zi rekonstruksiya qilingan obyektlar ish tugagandan so'ng yoki darhol qulaydi va buziladi, masalan, prezident yo'li bo'ylab yo'laklar kabi. Uzoq vaqt davomida ishchilar sementga plitkalar yotqizishdi, ammo ular allaqachon joyidan siljib, siznib, chiqib ketgan. Arzon turdagi materiallar ishlatilgan bo'lsa-da, ehtimol, hisob-kitoblarga ko'ra qimmatlari ko’rsatilgan. Va hech qanday shaffoflik yo'q: kimning firmasi, qaysi pulga qurilish ishlarini olib bormoqda?"

Eh, yo'llar…

Navoiy ko'chasi rekonstruksiyasida shubha tobora ortib bormoqda, chunki hokimiyat hisobida bir nechta muvaffaqiyatsiz loyihalar mavjud. Internetda Farg'ona yo'li va Ahmad Donish ko'chalarini qayta qurish borasida ko'plab tanqidlarni topishingiz mumkin.

Birinchi holda, shahar bunyodkorlari shunday murakkab transport yechimlari tija bilan kelishdi, va bu bilan faqat avtomobilchilarni chalkashtirib yuborishdi. Masalaga ushbu yo’lda yurish bo'yicha maxsus ko'rsatmalar bergan poytaxt YXHB xodimlari aralashishi to'g'ri keldi, tasvirlar yordamida kimdan keyin kim harakat qilish va kimga yo'l berish kerakligini tushuntirdilar.

Farg'ona yo'li ko'chasida harakatlanish sxemasi. Surat: "Toshshahartransxizmat" AJ matbuot xizmati 

Ahmad Donish ko'chasi piyodalar uchun xavfli hududga aylandi. Toshkentliklar yozishicha, uni "sarguzashtlarsiz" kesib o'tish deyarli mumkin emas va o'tish uchun joylari juda kam.

"Ко дну" Telegram kanali administratorlari Mediazona iltimosiga ko'ra, sanab o'tilgan ko'chalarning qayta rejalashtiruvini ko'rib chiqdilar.

"Farg'ona yo'li xalq orasida azaldan "o'lim yo'li" deb nomlangan. U odamlar vaqti-vaqti bilan urib ketiladigan keng yo'l. Biz qayta qurilishdan oqimni "tinchlantiruvchi" elementlar, jamoat transporti uchun ajratilgan chiziqlar, chiziqlarga rioya etilishini qo'llash va nazorat qilish, yo'lning har ikki tomonida velosiped yo'llari bilan yangi tartibga solinadigan piyodalar o'tish joylari va trotuarlar yaratilishini kutgan edik. — Natijada, qayta qutilishdan birinchi marta bu  yerdan yurayotgan haydovchilar uchun qiyinchilik sababi bo'ladigan yuklangan chorrahada chapga burilishning yangi usulini va belgilar chizilgan asfaltni oldik."

Ahmad Donish ko'chasini rekonstruksiya qilish. Surat: "Ко дну" Telegram kanali

"Ко дну" Telegram kanal administratorlari loyihalashitirishning bir nechta xatosiga e'tibor qaratishadi. "Velosiped yo’laklari hech qayerga olib bormaydi, avtobus bekatlariga yetib borishning iloji yo'q. Bekatlarning o'zi eng yaxshi holatda — soyabonsiz jazirama quyish ostidagi yoki hatto oddiygina belgisi bo'lmagan skameykalar, shuningdek, ko'kalamzorlashtirishning yo'qligi. Jamoat transportini rejalashtirish, qulay to'xtash joylari, ajratilgan chiziqlar va yo'lovchilar harakatlanishining oqimlari bo'yicha ishlar umuman amalga oshirilmagan. "Bonus" sifatida yer usti piyodalar o’tish joylari jonlantirilgan shahar markazida emas, balki shahar chetida bo’lishi lozim", —  deya tanqid qilishadi loyihani mutaxassislar.

Ahmad Donish ko'chasi haqida mutaxassislar, u umuman o'ylab chiqilmagan va "piyodalar uchun shafqatsiz", deb aytishadi. "Avtomobil yo'li bo'yicha piyodalar o'tish joylari yo'q, harakatni svetofor tartibga soluvchi chorrahalarda qulay o'tish joylari, bekatlar yo'q va ularga kirish imkoni ham yo'q. Bu shunchaki zich joylashgan mavzelar o'rtasida 10-12 chiziqlar bilan quyilgan asfalt. Shu bilan birga qayta qurish Yunusoboddagi tirbandlik muammosini hal qilmadi", — deya xulosa qilishadi.

Navoiy ko'chasi hali "piyodalar qotili"ga aylanmagan. Biroq, ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlarga qaraganda, ishlar asl rejaga muvofiq amalga oshirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, Toshkent shahar hokimligi fikrlarni o'rganib chiqmoqda. Xususan, hukumat mashhur rus mutaxassisi Arkadiy Gershmanni taklif qildi.

U o'z nuqtai nazarini ifoda etdi, yana bir bor shahar hokimlariga piyodalarning avtomobillardan ustuvorligi haqida fikrni yetkazishga harakat qildi. Bunga javoban, hokimiyat Gershmanning takliflarini inobatga olgan holda qayta qurishning yangilangan versiyasini taqdim etdi.

Kosmik ehtiroslar

Ehtiroslar nafaqat ko'chalarni rekonstruksiya qilish bilan bog'liq hodisalar atrofida qaynamoqda. Bir necha oy oldin O'zbekistonning birinchi fazogiri Vladimir Jonibekov haykali o'rnatilgan Kosmonavtlar maydoni atrofida janjal yuzaga keldi.

2022-yil 15-fevralda hokimiyat hech qanday xabar va muhokamalarsiz ushbu hududni qayta qurishga kirishdi. Blogerlar va boshqa befarq bo'lmagan toshkentliklar qurilish maydoniga kelganida, ishchilar allaqachon plitkani qazib olishgan edi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo'jayev u yerga kelib, monumental majmuaga tegilmasligiga, lekin oxir-oqibat hammasi bundan ham chiroyli bo'lib chiqishiga ishontirdi.

Kosmonavtlar maydonini rekonstruksiya qilinishi. Surat: Insider.uz Telegram kanali 

Ortiqxo'djaev noqulay savollarga g'azab bilan javob berdi va blogger Nikita Makarenko bilan nizo yuzaga keldi. Ushbu nizoni Kun.uz muxbirlarning kameralari qayd etdi. Makarenko loyiha jamoatchilik bilan muhokama qilimasdan boshlangani va bu yo'l bilan hukumat "Moviy Gumbazlar" va "Hast Imom" masjidi atrofini buzishi mumkin, lekin aktivistlar ularga bunday qilishga qo’ymaganini aytdi. Shahar hokimi o'zini fikrida turib oldi: ''hammasi oldingidan chiroyliroq bo'ladi, shunchaki o'n kun bering".

Muloqot tom va ko'chma ma’noda turli tillarda bo'lib o'tdi. Blogger rus tilida, shahar hokimi-o'zbek tilida gapirgan bo'lsa-da, ikkalasi ham bir-birini yaxshi tushunishgan. Va har biri o'z fikrida qoldi: hukumat shaharni kengashlarsiz "obodonlashtirish"ni davom ettiradi, aktivistlar imkon qadar bu loyihalarning xalaqit berishni davom ettiradilar.

Keyinchalik hokim o'n emas, balki o'n besh kunni nazarda tutgan bo'lib chiqdi. Uning va'dasidan bir oydan ko'proq vaqt o'tgach, qurilish hech boshlanmadi. Insider.uz Telegram-kanal mualliflari ta'kidlaganidek "ishning old tomoniga qaraganda", hukumatga kamida bir oy kerak bo'ladi. Ammo maydonga oq quti o'rnatildi va undan noma'lum shaxs begonalar yaqinlashganda chiqib kelib, "suratga olish mumkin emas" deb qichqirardi. 

Farida Sharifullina bu holatda hukumat rekonstruksiya qilishga shoshmasligi kerak, deb hisoblaydi. "Shahar hukumati barcha qarorlarni oldindan ko'rib chiqishi kerak, barcha mas'ul tuzilmalar tomonidan: arxitektorlar, ekologlar, madaniy va tarixiy merosni saqlash bo'limlari bilan muhokama qilinib, diqqat bilan ko'rib chiqilishi kerak. Jamoatchilik fikr bildira olishi uchun bunday keng ko'lamli loyihalar oldindan e'lon qilinishi kerak kerak. Ehtimol, "Moviy Gumbazlar", park bilan sodir bo’lgan hikoya hokimiyat yangi ishni yashirincha olib borishga turtki bo'ldi. "O'zbekiston mustaqilligi 30 yoshligi ramzi Stella" loyihasini ommaga chiqarishganida nima bo'lganini eslang. Xalq g'azablandi. Ehtimol, bu safar ham shunga o'xshash hodisaga yo'l qo'ymaslik uchun  hokimiyat va ular bilan bog'liq firmalar byudjet pullarini tezda qo'lga kiritish kerakligi uchun shunday yo'l tutishdi", — deydi huquq himoyachisi.

Ayni paytda, hukumat ramziy ravishda kosmonavtika kuniga bog'lab, yakunlangan obyektni rekonstruksiyalashni mutaxassislar muvaffaqiyatsiz deb topishdi. "Alerte Heritage" observatoriyasi prezidenti, Markaziy Osiyo san'at va me'morchiligi tarixchisi Boris Chuhovich "qora stilobatni kulrang tosh bilan almashtirib, quruvchilar joyning asl yaxlitligi va o’ziga xosligidan mahrum etdilar", deb ta'kidladi.

Chuhovichning so'zlariga ko'ra, kichik o'yiqlar va chuqurlarga qaramasdan, granit zinapoyalar va stilobat yaxshi holatda edi. Arxitektura tarixchisi, maydonning Markaziy qismini qoplashda ishlatiladigan materiallar vaqt sinovidan o'tganligini va yangisining sifati haqida esa bir necha yomg'irli va qorli mavsumlardan so'ng gapirish mumkinligini ta'kidlaydi.

"Tashkiliy tomoniga kelsak, hokimiyat huddi aholini emas, balki o'zini shahar egasi sifatida ko'rib, volyuntarist tarzda harakat qilishda davom etmoqda, menga shunday tuyulmoqda", — deya Alerte Heritage rahbari qo'shadi. 

Kosmonavtlar maydonini rekonstruksiya qilish. Surat: Insider.uz telegram-kanali 

Jonibekov haykali joylashgan "Kosmos" monumental majmuasi davlat tomonidan himoyalangan. Shunday qilib, har qanday ish boshlanishidan oldin, hatto marmar plitkalarni almashtirishda ham, pudratchi loyihani madaniy meros agentligida kelishishi kerak. Lekin Mimar Group bu me'yorni e'tiborsiz qoldirdi. Agentlik janjalga javob berdi va plitkalarni demontaj qilishni to'xtatishga chaqirdi. Biroq, bir necha kundan so'ng, quruvchining kosmonavtlar maydonida loyihasi tasdiqlangan, deb xabar berdi va asosiysi rekonstruksiya "obyektning tarixiy va badiiy qiymatiga ta'sir etmagan holda" amalga oshirilishi lozim.

Farida Sharifullinaning fikriga ko'ra, madaniy meros agentligini tanqid qilish  kerak emas, balki achinish kerak. "Hokimiyat va unga aloqador quruvchilar agentlikni jiddiy ko’rmaydi. Ko'pincha ular yodgorlikni yo'q qilinayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlardan bilib olishadi. Hukumatda merosni saqlab qolish irodasi yo'q", - deya xulosa qiladi ekspert.

Tarijma: Aziza Djurayeva