Xo'ja ko'rsinga rahmdillik davri. Shavkat Mirziyoyev davrida kimlar va qanday maqsadlarni ko'zlagan holda qamoqdan ozod qilinmoqda
Азиз Якубов
Перевод
23 декабря 2021, 14:20

Xo'ja ko'rsinga rahmdillik davri. Shavkat Mirziyoyev davrida kimlar va qanday maqsadlarni ko'zlagan holda qamoqdan ozod qilinmoqda

Surat: Stanislav Krasilnikov / ТАСС

O'zbekistonda shunday an'ana mavjudki, katta bayramlarda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahkumlarni, tavba qilganlarni va tuzalish yo'liga kirganlarni afv etish farmonga imzo chekadi. Konstitutsiya kuni arafasida 2021-yil 8-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev navbatdagi aksiyasini boshladi. Bu safar afv etilganlar ro'yxatiga 182 kishi kirdi. "Mediazona" o'tgan yili Prezident qancha odamni afv etganligini sarhisob qildi va siyosiy mahbuslar va adolatsiz hukm etilganlar ularning qatorida bor-yo'qligini aniqlashga qaror qildi. Umuman olganda, bunday amaliyot Islom Karimov davrida qo'llanilganmi yoki yo'qligini eslash uchun, endilikda O'zbekistonni Markaziy Osiyodagi eng insoniy mamlakat deb atash mumkinmi.

Bir oz nazariya va tarix

Quyida amnistiya haqida emas, balki afv etish haqida gap olib boramiz. Bir qarashda, bu atamalar sinonimdir: ikkalasi ham mahbusni ozod qilish yoki jazosini yengillashtirishni nazarda tutadigan rahm-shafqat harakatlaridir. Biroq, huquqiy nuqtai nazardan, bu butunlay har xil tushunchalar.

Amnistiya bir necha marta va doim muayyan shaxs emas, balki mahbuslar guruhiga nisbatan qo'llaniladi. Misol uchun, amnistiyaga mahbuslar "kichik bezorilik va 18 yoshga yetmaganlar" yoki "Bolotnayada miting ishtirokchilari" tushishi mumkin. Afv etish-bu davlat rahbari (kamroq parlament yoki maxsus komissiya) tomonidan kechirilgan odamlarning ismlari aniq yozilgan bir martalik ishdir.

Prezident Mirziyoyev o'z farmonlarini tuzishda qanday mantiqqa amal qilishi aniq emas. Ammo, O'zbekistonda afv etish konveyerga qo'yilgani haqiqat bo'lib qolmoqda.

"Markaziy Osiyoda inson huquqlari" uyushmasi Prezidenti Nadejda Atayevaning fikriga ko’ra, "afv etish to'g'risidagi farmonlarning soni sezilarli darajada oshdi, ammo jamiyat insonparvarroq bo’lmadi. Karimov davridagi rejim diniy ekstremistlar bilan shafqatsiz kurashib, imonlilarga nisbatan asossiz bilan ayblovlar bo'lgan. Bunday siyosat jamiyatni radikallashtirishga va poraxo'rlikka olib keldi, sud tizimi ijro etuvchi hukumatga to'liq bo'ysunib qoldi".

Atayevaning so'zlariga ko'ra, Mirziyoev huquqiy islohotlarni e'lon qilib, mamlakatga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar kirib kelishiga va Gulnora Karimovaning pullari qaytib kelishiga umid qilmoqda.

"Yangi qonunlar va milliy dasturlar yog'ilishni boshladi, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ustidan ommaviy sud jarayoni va kadrlar almashinuvi boshlandi. Ikkinchi prezident hukmronligining dastlabki besh yilligi yangi hukumatdan katta umidlar davri sifatida yodda qoladi. Biroq, haqiqiy o'zgarish sodir bo'lmadi, chunki Mirziyoyev sovet davrida tarbiyalangan eski kadrlarga qaram bo'lib qolmoqda. Tanqid hali ham konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzga teng", — deydi huquq himoyachisi.

Ataeyva o'z so'zlarining tasdig'i sifatda, O'zbekistonning hozirgi Jinoyat kodeksini keltirmoqda, unda siyosiy moddalar soni Karimov davriga nisbatan uch barobar ko'paygan.

Raqamlarni sarhisob qilamiz

Islom Karimov hukmronligi davrida O'zbekistonda hech qanday afv etish bo'lmagan. Respublika tarixida birinchi bo'lib afv etish to’g’risidagi qarorda ikkinchi prezidentning imzosi turibti. Hujjat sanasi 2017-yil 6-dekabrga. O'sha payt ro'yxatga 2700 mahkum tushgan. Ehtimol, sudning ko'plab "bahsli" qarorlari to’planib qolgan. Prezident o'z rahbarligi davrida ko'p yillar davomida oqlov hukmlari yo'qligi bilan achchiqlangani ajablanarli emas.

Endi Prezidentimiz davlat va diniy bayramlar munosabati bilan yiliga bir necha marta afv etish to'g'risidagi farmonlarni imzolaydi: Navro'z, Ramazon Hayit, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni. Ba'zan Mirziyoyev "bonus" hadya etadi: shunday qilib, 2020-yilda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida 83 O'zbekistonlik ayollar jazosini yumshatdi.

Shavkat Mirziyoyev. Surat: Kyodo / AP

Nadejda Ataeva bu borada "o'zgarishlarni" ni qayd etadi: "so'nggi besh yil ichida mahbuslar soni kamaydi, bu ayniqsa ayollar koloniyasida sezilarli. Agar ilgari 3 000 mahbus ayollar bo'lgan bo'lsa, endi 600 dan kam. Buning sababi shundaki, Karimov davrida hatto hijob kiygani uchun ham mo'min ayollarni ozodlikdan mahrum qilishar edi. Shavkat Mirziyoyev bir oz "bo’shashtirdi". 2018-yildan beri jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo'yicha hukm qilingan minglab shaxslar ozod qilindi va maxsus xizmatlarning qora ro'yxatlarida bo'lganlar ustidan nazoratni bekor qildi".

Raqamlar hayratda qoldiradi, ammo mintaqah bo'yicha qo'shnilarga qarasangiz, bu unaqa rekord emas: O'zbekiston bilan, masalan, Turkmaniston raqobatlasha oladi. Rasmiy Ashxobod ham katta bayramlarga bag'ishlangan ommaviy afv etish amaliyotini qo'llaydi. Misol uchun, 2021-yilning may oyida Qudratlilik kechasi munosabati bilan Prezident Gurbanguli Berdimuhammedov 1 035 kishini ozod qildi, sentyabrda respublika Mustaqillik kuniga qadar yana 2 064 mahbusni afv etdi. Bu ikki harakati bilan u Mirziyoyevning yillik me'yorini deyarli besh marta uzib o'tdi.

Miqdordan "sifatga"

Qanchalar tez-tez siyosiy mahbuslar va inson huquqlari faollari tomonidan uydirilgan ishlar bo'yicha mahkumlar afv etilganlar ro'yxatiga kirishi masalasiga kelsak, "Ochiq chiziq" inson huquqlari guruhining rahbari Tatyana Dovlatovaning so'zlariga ko'ra, bunday odamlar sonini "barmoq bilan sanash mumkin".

"Bunday mahbuslarning aksariyati hali ham panjara ortida, — deydi Dovlatova. — Ularning ba'zilariga Mirziyoyev davrida, aksincha, qo'shimcha muddatlar qo'shdi. Organlar vakillari tomonidan uydirilgan ishlarning qurbonlari adolatga erisha olmaydi yoki hech bo'lmaganda hukmini yumshata olmaydi".

Huquq himoyachisining fikriga ko'ra, afv etish uchun faqat chet elda ma'lum ovoza bo'lgan jarayonlarning ishtirokchilari — xalqaro inson huquqlari tashkilotlari yonini olganlar. 2020- yilga qadar Muhammad Bekjanov, Rustam Usmonov, Samandar Kukanov, Salijon Abdurahmonov, Erali Musayev, Agzam Turgunov, Azam Farmonov, Bobomurod Abdullayevlar afv etildi. O'tgan yili ushbu ro'yxat Akram Malik, Iskandar Xudaybergenov, Rustam Abdumanapov, Ruhiddin Faxriddinovlar bilan to'ldirildi.

"Men 2021 yilda prezidentning farmonlarida taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etishga hukm qilingan 15 shaxslar ekanligini bilaman. 2017 da 11 yil qamoq jazosini olgan olim Andrey Kubatinning ishini alohida ta'kidlayman. Uzoq davom etgan kurashdan so'ng, u oqlandi, lekin bir yil o'tib, mening fikrimcha, DXX yordamisiz vafot etdi. Men yuqorida sanab o’tilgan siyosiy mahbuslarning barchasi qiynoqqa solinganligini qo’shimcha qilaman", deydi Dovlatova.

Nadejda Atayevaning so'zlariga ko'ra, prezident farmonlarida siyosiy mahbuslar soni afv etilganlarning umumiy sonining taxminan 10 % tashkil etadi. 

"Bizning ma'lumotlarimizga ko'ra, bu safar Qozog'istondan 2011-yilda ekstraditsiya qilingan ikki fuqaro ozodlikka chiqdi. Ular Shvetsiyada siyosiy qochqin maqomini olgan diniy arbob Obid qori Nazarov bilan aloqada bo'lganlikda ayblangan. 2012-yilda unga suiqasd qilingan. Bir taxminga ko'ra, ushbu "aksiya'ga MXX bog'liq" mashhur o'zbek oligarxi aloqador. Bundan tashqari, yana bir ijobiy yangilik bor. Afv etish to'g'risidagi farmon doirasida davlat xoinligida ayblangan sobiq diplomat Qodirjon Yusupov 4-sonli yopiq koloniyadan 42-sonli koloniyaga ko'chirildi", — deydi "Markaziy Osiyoda inson huquqlari" uyushmasi prezidenti.

Shu bilan birga, huquq himoyachilari tushuntirganidek, rasmiylar afv etish uchun ro'yxatlar tuzishda ularning fikrlarini e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqdalar. Biroq, Nadejda Atayevaning ishonchi komilki, bunday maslahatlarni hech nimani o'zgartirmaydi. Shu bilan birga, huquq himoyachisi odamlarning afv etilishi yoki amnistiya ro'yxatiga kirayotgan ishlarini o'rganishda mustaqil ekspertlarning ishtirok etishini muhim deb hisoblaydi. "Bunday yondashuv mansabdor shaxslarning ishini sifat jihatidan o'zgartiradi va O'zbekistondagi huquqiy islohotlarga ishonch hosil qiladi", — deya ta'kidlaydi Atayeva.

Chamasi erkinlik, ammo erkinlik emas

O'zbekiston qonunchiligiga muvofiq, afv etish hukumat sud xatosini tan olishini anglatmaydi. Mahbusni reabilitatsiya qilish va kompensatsiya olish huquqi faqat oqlov jazosini beradi. Shuning uchun, ozod qilinganidan keyin ko'plab mahbuslar eski ishlarda aybsizligini isbotlaydilar. Lekin bu juda murakkab jarayon. Ko'pincha, mansabdor shaxslar sud qarorlarini qo'lga bermaydi, muhim hujjatlarni "yo'qotib" qo'yadi.

Bu qiyinchiliklarga 1993-yilda hibsga olingan va 2016-oxirida ozod etilgan tadbirkor va muxolifat siyosatchi Samandar Kukanov, duch keldi.

"23 yil qamoq jazosini o'tagunimcha, oilamning bir nechta a'zolari qamoqqa tashlandi va xotinimning sog'lig'i buzildi. Men esa tiklanishni xohlayman, chunki men hech qachon hukm qilingan jinoyatlarni sodir etmaganman", dedi u hukmni qayta ko'rib chiqish uchun sud Majlisining boshida.

Ammo, 2018-yilda Toshkent viloyat sudi to'liq tiklanishi mumkin emasligi haqida xabar berdi, chunki da'vogarning jinoyat ishi materiallari "belgilangan tartibda" yo'q qilingan. Kukanov Oliy sudga murojaat qildi, sud "yo'q qilingan ishni" ko'rib chiqqib, aybdorlik dalillarini asosli deb topdi.

Chuyan Mamatkulov. Surat: RFE/RL

O'zbekiston hukumati o'z xatolarni tan olishni istamasligining yana bir misoli-koloniyada 11 yil o'tkazgan mudofaa vazirligining sobiq amaldori Erkin Musayevning ishi. U hukmning nusxasini berilishiga erisha olmadi, chunki uning yo'qligi sababli oliy sud uni tiklanishi masalasini ko'rib chiqishni istamadi.

Lekin, istisnolar ham mavjud. Misol uchun, Chuyan Mamatqulov, ozod qilinganidan keyin (u afv etilmadi, belgilangan muddatni o'tab chiqdi) Islom Karimovga qarshi da'vo arizasi bilan mashhur bo'lib, to'liq tiklanishga erishdi. Sud hatto unga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun pul kompensatsiyasi da'vosini ham qondirdi, biroq qisman: talab qilingan 500 million so'm o'rniga siyosiy mahbus 60 mln oldi.

Hibsda

Yigirma yil davomida umumiy diktatura sharoitida yashagan O'zbekiston uchun oxirgi to'rt yilda besh mingdan ortiq afv etilganlar ta'sirchan raqamdir. Lekin inson huquqlari himoyachilari bundan mamnun emas. Shunday qilib, Tatyana Dovlatova, Mirziyoevning kechirimliligi "xo'ja ko’rsinga aksiya", "xalqaro hamjamiyat oldida namoyish", deb hisoblaydi.

Nadejda Atayeva hamkasbining nuqtai nazari bilan qisman rozi bo'ldi: "Men afv etish to'g'risidagi farmonlarning 2017-yilda tarqatilgan PR kampaniyaning bir qismi ekanligiga ishonaman. Endi rejim inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi normalarini buzgan holda jazolanadigan o'z fuqarolari tomonidan siyosiy savdoni kuchaytirdi. Ushbu savdo 2006-yildan boshlab Yevropa komissiyasi O'zbekiston hukumatiga siyosiy mahbuslarning birinchi ro'yxatini taqdim etganidan beri davom etmoqda", — deya fikr bildirdi huquq himoyachisi.

Toshkentda ham, Fransiyada ham huquq himoyachilari O'zbekiston penitensiar tizimini isloh qilish zarurligiga ishonadilar. Dovlatovaning so'zlariga ko'ra, tizim IIVning qaramog'idan chiqib, boshqa organ tomonidan boshqarilishi lozim — hech bo'lmaganda Adliya vazirligi tomonidan.

"Chunki endi organlar vakillari ishni to'qib chiqarib, hibsga olinganlarni sudgacha o'z "qanoti" ostida ushlab turadilar, keyin mahbuslar hech qanday shikoyat qilmasligi uchun butun muddat ularga bosim o'tkazadilar. Shu munosabat bilan O'zbekiston Jinoyat-ijroiya kodeksining hech bir moddasi ishlamaydi. U yerda hammasi to'gri yozilgan bo'lsa-da, o'qib chiqish qiziq", — deya o'z nuqtai nazarini tushuntiradi ekspert.

Shu bilan birga, huquq himoyachisining fikricha, bugungi kunda mamlakatda qonunlarni ijro etish amaliyoti yo'qligi sababli, ba'zi tub o'zgarishlarga umid yo'q. "Har qanday islohotlarning muvaffaqiyati, hukumat o'z qarorlari uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olganda va o'z fuqarolari va ularning huquq himoyachilari huquqlarini hurmat qilgandagina bo'ladi. O'zbekistonda buni hali anglab yetishmadi", — deya xulosa qiladi Atayeva.

Tarijma: Aziza Djurayeva